AsosiyJamiyat

Toshkentda Spark haydovchisi 3 nafar chet el fuqarolarini urib ketdi (video)

'Toshkentda Spark haydovchisi 3 nafar chet el fuqarolarini urib ketdi (video)'ning rasmi

Joriy yilning 13 oktyabr kuni  soat 22:30 atrofida Bobur ko`chasida 2005 yilda tug`ilgan Sh.T. boshqaruvidagi Spark avtomashinasini boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo`qotishi natijasida piyodalar yurish yo`lagidagi 3 nafar piyodani urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar berdi.

YTH natijasida 3 nafar piyoda turli darajadagi tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. YTH natijasida vafot etganlar yo`q. Haydovchiga tez yordam xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Urib yuborilgan piyodalar Hindiston fuqarosi bo`lgan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB navbatchi-inspektori Ergash To`ychiev xabar bergan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar