O`zbekiston va Gresiya fuqarolari 10 mingdan ortiq tulki dumini Turkiyaga olib o`tishga urinishganda qo`lga olindi. Bu haqda Turkiya bojxona nazorati departamenti matbuot xizmati xabar bergan.
Ular Moskvadan Istanbulga uchib kelishgan, bojxonachilar yo`lovchilarning yuklarini tekshirishga qaror qilishgan.
Fuqarolar to`rtta chamadonni bojxona punktini chetlab olib o`tishga urinib, chiqish tomon yo`l olgan, deyiladi xabarda.
Ma`lum bo`lishicha, jomadonlarda qiymati 1,2 million turk lirasi (taxminan 44 ming dollar) bo`lgan 10 300 dona tulki dumi bo`lgan.
Hozirda vakolatli organlar surishtiruv ishlarini olib bormoqda.






