AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Bishkekda Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi

'Shavkat Mirziyoev Bishkekda Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev 13 oktyabr kuni Bishkek shahrida o`tayotgan MDH sammiti doirasida Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv o`tkazdi.

Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Etakchilar O`zbekiston va Belarus o`rtasidagi ko`p qirrali aloqalar jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. O`zaro tovar ayirboshlash ko`rsatkichlari o`smoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperasiya loyihalarini amalga oshirish davom etmoqda. Madaniyat, kinematografiya va sport sohasida qo`shma tadbirlar muntazam o`tkazib borilmoqda.  

Davlat rahbarlari savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish bo`yicha o`zaro muvofiqlashgan choralarni ko`rish, jumladan, hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig`ilishi, hududlar forumi hamda O`zbekiston va Belarus etakchi oliy ta`lim muassasalari rektorlarining uchrashuvini tashkil etish muhimligini qayd etdilar.

MDH va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi. Bo`lajak tadbirlar rejasi ham ko`rib chiqildi.

    Boshqa yangiliklar