AsosiyJamiyat

Toshkentda ayol yosh farzandini do`pposladi (video)

'Toshkentda ayol yosh farzandini do`pposladi (video)'ning rasmi

Bugun, 13 oktyabr kuni Toshkentda ayol yosh bolani kaltaklagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga tarqaldi.

 Ushbu holat yuzasidan Mirobod tumani hokimligi munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, farzandiga qo`pol munosabatda bo`lgan fuqaro asli Qashqadaryo viloyatidan bo`lib, vaqtincha Mirzo Ulug`bek tumanida ro`yxatdan o`tgan.

Ayol 13 oktyabr kuni Mirobod tumani "Sh.Rashidov" mahallasi hududida joylashgan "Alik" nomli suratxonaga rasmga tushish maqsadida kelgan.

Ayol bilan suhbat natijasida ma`lum bo`lishicha, yaqinlaridan noxush xabar eshitib, asabiy holatda bo`lgan vaqtida, farzandining xarxashasiga javoban qo`pol harakat sodir etgan.

Ayol ushbu qilmishidan pushaymonligini, bunday holat avvallari bo`lmaganligini va holat boshqa takrorlanmasligini ma`lum qilgan.

Hozirda holat yuzasidan Mirobod tumani IIB FMB hodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar