Qamchiq dovonida bugun, 13 oktyabr kuni erta tongda qor yog`di. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo`l-transport hodisalari bilan bog`liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko`rishlarini so`rab qoladi”, — deyiladi xabarda.






