AsosiyJamiyat

UzAuto Motors ommabop mashinalarga shartnomalar kelgusi yilgacha ochilmasligi rostmi

'UzAuto Motors ommabop mashinalarga shartnomalar kelgusi yilgacha ochilmasligi rostmi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda ommabop avtomobillar uchun shartnomalar 2024-yilga qadar ochilmasligi haqida ma`lumotlar tarqaldi. 

Unda, kelgusi oylar uchun rejalashtirilgan barcha ishlab chiqarish hajmi allaqachon sotilgan. Yaqin kelajakda Chevrolet Cobalt, Lacetti va Damas avtomobillari uchun shartnomalar ochilmaydi, chunki 2023 yil va 2024 yil boshi uchun butun ishlab chiqarish hajmi allaqachon sotilgani aytilgan.

Holat yuzasidan kompaniya matbuot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, ommabop mashinalarga shartnomalar kelgusi yilgacha ochilmasligi haqidagi xabarlar noto`g`ri. 

"Eslatib o`tamiz, kompaniya faoliyati, uning rejalari, mahsulot narxlari va shartnomalar bilan bog`liq barcha ishonchli ma`lumotlarni faqat "UzAuto Motors"ning rasmiy sahifalari orqali bilib olishingiz mumkin", deyiladi kompaniya xabarida.

    Boshqa yangiliklar