2023 yilning 9 oyi davomida FHDYo organlari tomonidan respublika bo`yicha 184 469 ta nikohlar qayd etilgan. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12 730 taga kam.
Shular jumlasidan:
— er va xotin 30 yoshgacha bo`lganlar o`rtasida - 155 072 ta
— er va xotin 50 yoshdan oshganlar o`rtasida - 1 104 ta
Hududlar kesimida:
— 30 yoshgacha bo`lganlar o`rtasida Samarqand viloyati eng yuqori ko`rsatkichni qayd etdi.
— 50 yoshdan oshganlar o`rtasida Toshkent shahar eng yuqori ko`rsatkichni qayd etdi.






