AsosiyDunyo

O`zbekistonlik sobiq IIV xodimi Rossiyada narkotik bilan qo`lga tushdi

'O`zbekistonlik sobiq IIV xodimi Rossiyada narkotik bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

Saranskda 55 yoshli O`zbekiston fuqarosi MDH respublikalaridan birida tug`ilgan fuqaroga 4,5 g marixuanani topshirayotgan vaqtida qo`lga olindi. Bu haqda Mordoviya Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Keyinroq hibsga olingan shaxsning ijaraga olingan xonadonini ko`zdan kechirish chog`ida og`irligi salkam 64 gramm bo`lgan yana 40 dona o`ram, shu bilan birga 38 dona qop sotuvga tayyorlab qo`yilganligi aniqlangan.

Tergov jarayonida gumonlanuvchi jinoyatga aloqadorligini tan oldi. Unga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan.

Izvestiya Mordoviya xabariga ko`ra, qo`lga olingan shaxs O`zbekistonda tezkor xodim bo`lib ishlagan, iqtisodiy jinoyatlarni fosh qilgan. 2005 yilda u ichki ishlar organlaridan bo`shatilgan va u Rossiyaga ko`chib o`tdi.

 

    Boshqa yangiliklar