AsosiyJamiyat

O`zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi o`z missiyasini yakunladi

'O`zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi o`z missiyasini yakunladi'ning rasmi

O`zbekiston elchisi Said Rustamov Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Lord Tariq Ahmad bilan uchrashgan. Bu haqda "Dunyo" Axborot agentligining xabar bermoqda.

Uchrashuvda O`zbekiston- Buyuk Britaniya hamkorligining bugungi kun tartibi va uni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilingan.

Tariq Ahmad so`nggi yillarda ikki tomonlama muloqotning izchil dinamikasini yuqori baholagan. Xususan, oliy darajadagi o`zaro tashriflar soni ortib borayotgani, yaqin siyosiy va parlamentlararo muloqotlar, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar chuqurlashib borayotgani qayd etilgan.

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Buyuk Britaniyadagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Said Rustamovga ikki davlat va xalqlar o`rtasidagi ochiq, konstruktiv va do`stona munosabatlarni rivojlantirishga qo`shgan samarali va ijodiy hissasi uchun minnatdorlik bildirgan.

    Boshqa yangiliklar