AsosiyDunyo

Falastin rahbari Mahmud Abbos AQSh Davlat kotibi Blinken bilan uchrashadi

'Falastin rahbari Mahmud Abbos AQSh Davlat kotibi Blinken bilan uchrashadi'ning rasmi

Falastin prezidenti Mahmud Abbos juma kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashadi. Bu haqda Falastin fuqarolik ishlari vaziri, Falastin ozodlik tashkiloti  ijroiya qo`mitasi kotibi Husayn al-Shayx ma`lum qildi.

Rasmiy X ijtimoiy tarmog`ida (sobiq Twitter) “Falastin rahbariyatining halokatli urushni tugatish bo`yicha 24 soatlik sa`y-harakatlari doirasida” Falastin rahbari payshanba kuni Ammanda Iordaniya qiroli Abdulla II bilan uchrashishini yozdi.

“Prezident juma kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan”, — deya qo`shimcha qildi al-Shayx.

O`z navbatida, AQSh Davlat departamentidagi manbaning ma`lum qilishicha, Blinken Isroil va Iordaniyaga qilgan tashriflaridan so`ng Yaqin Sharqdagi bir qator boshqa mamlakatlarga ham tashrif buyurish niyatida. Davlat kotibi odatda Falastin rahbari bilan uchrashadigan G`arbiy Sohilga tashrif buyurishi dargumon, manba da`vo qilmoqda.

Blinken Isroilga uchishdan oldin Vashington yaqinidagi Merilend shtatidagi Endryus armiyasi bazasida jurnalistlar bilan suhbatda, Qo`shma Shtatlar keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda Isroilga qarshi har qanday tajovuzni oldini olishga faol harakat qilish niyatida ekanini aytdi. Bundan tashqari, AQSh Davlat kotibi Vashington Isroilga favqulodda harbiy yordam ko`rsatishni allaqachon boshlaganini va bu bilan to`xtab qolish niyatida emasligini tasdiqladi.

7 oktyabr kuni G`azo sektoridan Falastinning HAMAS radikal harakati jangarilari Isroil hududiga qurolli kirib kelganidan keyin Yaqin Sharqdagi vaziyat keskin yomonlashdi. HAMAS bu hujumni Isroil rasmiylarining Quddusdagi Ibodatxona tog`idagi Al-Aqso masjidiga qarshi harakatlariga javob deb hisoblaydi. Isroil G`azo sektorini to`liq blokadaga olganini e`lon qilib, unga hamda Livan va Suriyaning ayrim hududlariga zarba bera boshladi. To`qnashuvlar G`arbiy Sohilda ham sodir bo`lmoqda. Falastinliklar orasida 1,1 mingdan ortiq kishi halok bo`ldi va deyarli 5,6 ming kishi yaralandi, isroilliklar orasida - 1,5 minggacha halok bo`ldi, deyarli 4 ming kishi yaralandi.

    Boshqa yangiliklar