Ertaga, 13 oktyabr kuni Respublika bo`ylab havo harorati kechasi 1-15 daraja oralig`ida, kunduzi esa 7-19 darajagacha bo`lishi kutilmoqda. Bu haqda O`zgidromet xabar berdi.
Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 10-12 daraja bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja bo`ladi, ba`zi joylarda 1-3 darajagacha sovuqqacha bo`lishi mumkin, kunduzi esa 10-15 daraja bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 10-15 daraja bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 10-15 daraja bo`ladi.
Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 14-19 daraja bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 10-15 daraja bo`ladi.
Respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, tog`larda ba`zi joylarda qorga aylanadi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.






