O`zbekistondagi maktablarda o`qituvchilarining 35 513 nafari turli xalqaro fan sertifikatlariga ega. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ta`lim sifatining oshishi bevosita o`quvchilarga tahsil berayotgan o`qituvchilarning malakasi va bilim darajasiga bevosita bog`
Shu ma`noda so`nggi yillarda maktab ta`limi tizimida mehnat qilayotgan pedagoglarni yanada qo`llab-quvvatlash va shu orqali sohada sog`lom raqobat muhitini yaratish maqsadida turli fanlarga doir xalqaro va milliy darajadagi sertifikatlar joriy qilinmoqda.
Ayniqsa, xalqaro sertifikatlar pedagoglarga nafaqat ma`lum imtiyozlar beradi, balki ularning o`ziga bo`lgan ishonchini oshiradi, o`z ustida yanada ko`proq ishlash uchun katta motivasiya beradi.
Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tizimidagi umumta`lim maktablari o`qituvchilarini sertifikatlash tartibi bo`yicha quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.






