AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi ko`ldan 57 yoshli erkakning jasadi topildi

'Qashqadaryodagi ko`ldan 57 yoshli erkakning jasadi topildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryodagi ko`lga cho`kib ketgan 57 yoshli erkakning jasadi 5 kundan so`ng topilgani haqida xabar tarqaldi.

Mirishkor tumani IIB navbatchilik qismining 07.10.2023 yildagi xabariga ko`ra, Koson tumani,  “Yuqori obron” MFYda yashovchi, fuqaro Toshev Zokir Avazovich shu kuni Mirishkor tumani, Pomuq qishlog`ida joylashgan “Sechanko`l” suniy suv havzasiga sherigi Sattorov Og`abek Qilich o`g`li bilan birga baliq ovlash uchun borib, ehtiyotsizligi oqibatida suvga cho`kib ketib vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan voqea joyi ko`zdan kechirilib, ashyoviy dalillar prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Olib borilyotgan tergovga qadar tekshiruv davomida 10.10.2023 yilda viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Toshev Zokir Avazovichning jasadi “Sechanko`l” suniy suv havzasidan topilgan.

Marhum Toshev Zokir Avazovichning jasadi tashqi tomondan ko`zdan kechirilib, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar