AsosiyJamiyat

O`zbekiston OTBdan 170 million dollar qarz olyapti

'O`zbekiston OTBdan 170 million dollar qarz olyapti'ning rasmi

O`zbekiston Yashil iqlim fondining “Elektromobillik dasturi”ni moliyalashtirish uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 170 million dollar kredit olishni rejalashtirmoqda.

Transport vazirining birinchi o`rinbosari Mamanbiy Omarov va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari o`rtasida muzokaralar bo`lib o`tgan. Ma`lum qilinishicha, ajratilishi rejalashtirilgan 170 million AQSh dollaridan 65 million dollari grantlar, qolgan 105 million dollari esa kredit mablag`idir.  

Mablag`lar tijorat elektromobillarini ommalashtirish yo`lidagi to`siqlarni bartaraf etish, shuningdek, elektrobuslar parki va yordamchi infratuzilmani joylashtirish, jamoat transporti tizimini takomillashtirishga yo`naltiriladi.

    Boshqa yangiliklar