2023 yilning 15 sentyabrdan 15 oktyabr sanasigacha To`qimachi bekatida modernizasiya ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent-Markaziy vokzalidan harakatlanadigan yo`lovchi poezdlar mazkur muddat ichida Toshkent Janubiy vokzalidan harakatlanishi haqida xabar berilgan edi.
16 oktyabr sanasidan boshlab Toshkent-Markaziy vokzali o`z faoliyatini avvalgi jadval bo`yicha boshlaydi. Bu haqda “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob”, tezyurar “Sharq”, “Nasaf”, “O`zbekiston” poezdlari va “Toshkent — Volgograd — Toshkent” yo`nalishida harakatlanuvchi yo`lovchi poezdlar avvalgidek Toshkent-Markaziy vokzalidan harakatlanadi.
“Toshkent-Markaziy vokzali va To`qimachi bekatidan harakatlanayotgan shaharlararo Xojikent, Guliston, Angren, Xavast, Bekobod yo`nalishlaridagi poezdlar 16 oktyabr sanasidan boshlab Toshkent-Janubiy vokzalidan harakatlanadi”, — deyiladi xabarda.






