AsosiyJamiyat

Toshkentda video olib ketayotgan Equinox haydovchici YTHga uchradi (video)

'Toshkentda video olib ketayotgan Equinox haydovchici YTHga uchradi (video)'ning rasmi

Toshkentda Equinox avtomashinasi haydovchisi harakatlanib ketayotgan vaqtda svetoforning qizil chirog`ida to`xtab turgan Nexia-3 avtomashinasining orqasidan kelib urgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga tarqaldi.

Aniqlanishicha ushbu YTH joriy yilning 16 iyul kuni sodir etilgan. 2005 yilda tug`ilgan R.M. haydovchilik guvohnomasiga va boshqa tegishli hujjatlarga ega bo`lmasdan EQUINOX avtomobilini boshqarib, Toshkent shahar Shayxontohur tumanida Nexia-3 avtomashinasi bilan to`qnashib ketgan. Qizig`i Nexia-3 avtomashinasi haydovchisining ham haydovchilik guvohnomasi bo`lmagani aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tuman sudida ish ko`rib chiqildi.

Unga ko`ra, EQUINOX haydovchisi MJtKning 133 va 135- moddasida nazarda tutilgan ma`muriy huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybdor deb topildi. Unga nisbatan MJtKning 133 va 33-moddasini qo`llab BHMning 3 baravari, (990 000 so`m) MJtKning 135-moddasi 2-qismi bilan BHMning 5 baravari (1 650 000 so`m) jarima jazosi tayinlandi.

Nexia-3 haydovchisi esa MJtKning 135-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan ma`muriy huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybdor deb topildi hamda unga nisbatan BHMning 5 baravari (1 650 000 so`m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar