AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistonning ayrim joylarida yomg`ir yog`adi

'Ertaga O`zbekistonning ayrim joylarida yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi juma, 13 oktyabr kuni kuzatilishi kutilayotgan ob-havo haqida xabar berdi. 

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 10-12° bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq bo`ladi, ba`zi joylarda 1-3° sovuqqacha bo`lishi mumkin, kunduzi 10-15° bo`ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 10-15° bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 10-15° bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 14-19° bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 10-15° bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG` OLDI VA TOG`LI HUDUDLARIDA

Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, tog`larda ba`zi joylarda qorga aylanadi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda  

15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar