O`zbekiston fuqarolari so`nggi ikki yil ichida AQSh chegarasini noqonuniy kesib o`tuvchilar orasida uchinchi o`rinda qayd etildi. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.
Unga ko`ra, oxirgi ikki yil davomida 13 624 nafar o`zbekistonlik AQSh chegarasini noqonuniy kesib o`tishga uringan.
Amerikaga noqonuniy yo`llar bilan kirishga urinayotgan fuqarolari soni bo`yicha Turkiya peshqadamlik qilmoqda – 30 830 nafar. Undan keyingi o`rinlarda esa Mavritaniya (15 594), O`zbekiston, Misr va Pokiston bormoqda.
Ma`lumot o`rnida, o`zbekistonlik muhojirlar AQShga eng mashhur yo`llardan biri Meksika orqali boradi. Ular “O`zbekiston – Turkiya (Ispaniya) – Boliviya – Kolumbiya – Meksika – AQSh” yo`nalishi bo`yicha Qo`shma Shtatlarga yo`l oladi.






