Avvalroq, O`zbekistonning Isroildagi elchixonasi Uzbekistan Airways aviakompaniyasi xavfsizlik nuqtai nazaridan Toshkentdan Tel-Avivga parvozlarni to`xtatishga qaror qilgani haqida xabar bergan edik. Oradan ko`p o`tmay, xabar o`chirildi.
Yangi xabarda aytilishicha, aviatashuvchi parvozlarni davom ettirishga qaror qilgan.
Keyingi aviaqatnovlar to`g`risida qo`shimcha ma`lumot beriladi, deyiladi xabarda.






