AsosiyJamiyat

Tabiat endi bu muvozanatni saqlay olmaydi BMT Konvensiyasini amalga oshirish bo`yicha qo`mita 21-sessiyasini o`tkazish to`g`risida bitim imzolandi

'Tabiat endi bu muvozanatni saqlay olmaydi BMT Konvensiyasini amalga oshirish bo`yicha qo`mita 21-sessiyasini o`tkazish to`g`risida bitim imzolandi'ning rasmi

BMTning Cho`llanish va qurg`oqchilikka qarshi kurashish konvensiyasi ijrochi kotibi Ibraxim Tiav hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Cho`llanishga qarshi kurashish Konvensiyasining bajarilishini ko`rib chiqish qo`mitasi 21-sessiyasini (CRIC-21)ni o`tkazish bo`yicha bitim imzolashdi.

Ma`lumot uchun, xalqaro darajadagi tadbir 13–17-noyabr kunlari o`tkaziladi. Tadbir davomida erni barqaror boshqarish, qurg`oqchilikka chidamlilikni oshirish, barqaror qishloq xo`jaligida ayollar etakchiligini qo`llab-quvvatlash va erning degradasiyasi hamda iqlim o`zgarishi bilan bog`liq majburiy migrasiyaga qarshi kurashishga doir strategik maqsadlarni amalga oshirish jarayonlari ko`rib chiqiladi.

 Shuningdek, Konvensiyani imzolagan 196 mamlakat va Evropa Ittifoqi, fuqarolik jamiyati, ilmiy doiralar, donorlar va xalqaro tashkilotlar vakillari cho`llanish, qurg`oqchilik, chang bo`ronlari, erlardan barqaror foydalanish, erlarni tiklash masalalarini muhokama qilishadi.

 

Bitim imzolash marosimida nutq so`zlagan Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov cho`llanish, erlarning degradasiyasi, o`rmon yong`inlari va boshqa ekologik muammolarga e`tibor qaratdi.  

“Biz har yili 100 million gektar erlarni yaylov, oziq-ovqat ishlab chiqarish, chorva ozuqasi va tabiatdan oladigan boshqa ehtiyojlar uchun yo`qotamiz. Tabiat endi bu muvozanatni saqlay olmaydi. Ushbu konferensiya sog`lom iqtisodiyot, sog`lom odamlar va ayni paytda sog`lom ekotizimlar o`rtasida muvozanatni saqlash uchun kelgusi 20-30 yil davomida nimalar qilish kerakligini aniqlab olishga imkoniyat beradi. Ekologik muammolarning echimini topishda, O`zbekiston muhim rol o`ynaydi", — dedi Ibrohim Tiav.

 

 

    Boshqa yangiliklar