AsosiyJamiyat

Sudoche O`zbekistonning xalqaro ahamiyatga ega suv-botqoq hududiga aylandi

'Sudoche O`zbekistonning xalqaro ahamiyatga ega suv-botqoq hududiga aylandi'ning rasmi

O`zbekiston Sudoche ko`llar tizimini xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan suv-botqoq hududi deb belgiladi. Bu haqda "Ramsar" konvensiyasi rasmiy saytida maqola chop etildi.  

Maqolada Sudochening 1960 yillarda dunyodagi to`rtinchi yirik ko`l hisoblangan Orol dengizining ko`rfazi bo`lganligi ta`kidlangan.  Shuningdek, ko`l hududida zich qamishzorlar, butalar, sho`rxoklar va saksovullar mavjudligi, qolaversa, yo`qolib ketish xavfi ostida bo`lgan hayvonlar yashashi qayd etilgan.

"Mahalliy va xorijlik sayyohlar ko`lning Orol dengizi bilan tarixiy bog`liqligini o`rganish va aholi punkti qoldiqlarini ko`rish uchun kelishadi. Mahalliy aholi esa ko`ldan baliq ovlash, chorva uchun ozuqa hamda qurilish materiallari uchun qamish yig`ish maqsadida foydalanadilar", — deyiladi maqolada.

Shuningdek, qurg`oqchilik Sudoche oldida turgan asosiy muammolardan biri sifatida ta`kidlangan.

Ma`lumot uchun,  Sudoche joriy yilning may oyida xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan "Ramsar" suv-botqoq erlari ro`yxatiga kiritilgan O`zbekistonning 4-obektiga aylandi.

Bunga qadar Dengizko`l 2001 yilda, Aydar-Arnasoy ko`llar tizimi 2008 yilda va To`dako`l hamda Quymazor suv omborlari 2020 yilda "Ramsar" ro`yxatidan joy olgan.

    Boshqa yangiliklar