AsosiyJamiyat

Bo`stonliqda sayroqi qushlarni ovlayotgan fuqaro jazolandi

'Bo`stonliqda sayroqi qushlarni ovlayotgan fuqaro jazolandi'ning rasmi

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Bo`stonliq tumani bo`limi davlat inspektorlari tomonidan reyd tadbiri o`tkazildi.

Tadbir davomida tumanning "Qo`shqo`rg`on" MFY hududida fuqaro F.S. ov qilish qoidalarini buzgan holatda sayroqi qushlarni ovlayotgani aniqlandi.  

Holat yuzasidan “Ov qilish va ovchilik ho`jaligi to`g`risida”gi Qonunning 17-moddasi talablarini buzganligi uchun huquqbuzarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.  

F.S. bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari — 3 million 300 ming so`m miqdorida jarimaga tortildi.

Ekologiya vazirligi barchani qushlar va hayvonlarga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga, ularni asrab-avaylashga chaqirmoqda.

    Boshqa yangiliklar