Rossiya Isroil-Falastin mojarosining har ikki tomoni bilan aloqalarni davom ettiradi va kelishuvda ishtirok etishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytgan.
“Biz taraflari bilan aloqalarimizni davom ettiramiz. Ikki tomonda ham Rossiya fuqarolari bor. Biz uchun Rossiya fuqarolarining taqdiri birinchi o`rinda”, - dedi Peskov.
Uning so`zlariga ko`ra, Rossiya “vaziyatni sinchiklab tahlil qilishda davom etmoqda”. "Va u kelishuv jarayonlarida ishtirok etish salohiyatiga ega mamlakat sifatidagi mavqeini saqlab qoladi", - deya qo`shimcha qildi Kreml vakili.
Peskov Rossiya Isroil-Falastin mojarosiga muvozanatli yondashishga amal qilishini aytdi.
“Bizning ikki davlat bilan ham uzoq yillik tarixiy aloqalarimiz bor. Bizni Isroildagi millionlab vatandoshlarimiz birlashtiradi”, — dedi Peskov. Shuning uchun Moskva "teng masofani saqlashi kerak", deb ta`kidladi u.






