AsosiyJamiyat

Qozon-Toshkent yo`nalishida to`xtatilgan poezd qatnovlari tiklanadi

'Qozon-Toshkent yo`nalishida to`xtatilgan poezd qatnovlari tiklanadi'ning rasmi

2020 yilda koronavirus pandemiyasi sababli to`xtatilgan Qozon va Toshkent o`rtasidagi poezdlar qatnovini 2024 yilda tiklanishi rejalashtirilyapti. Bu haqda Tatariston transport va yo`l xo`jaligi vaziri Farit Hanifovga tayanib shahar meriyasi xabar berdi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, Tatariston transport va yo`l xo`jaligi vazirligi Toshkent-Qozon yo`nalishini tiklash maqsadida, Rossiya temir yo`llari markaziy boshqarmasiga taklif yuborgan. Ushbu liniyaning tiklanishi uchun temir yo`l o`tadigan barcha davlatlar – O`zbekiston, Qozog`iston va Rossiya ushbu taklifga rozilik bildirishi kerak. 

“Rossiya rozi bo`ldi, bugun hujjat Qozog`istonda ko`rib chiqilmoqda, bilishimizcha, O`zbekiston ham tez orada rozilik bildiradi”, degan Hanifov.
Shuningdek, Tatariston va O`zbekiston o`rtasidagi aviareyslarning intensivligi ham ko`rib chiqilyapti. 

“Aviasiyada bugun Qozon – Toshkent yo`nalishida haftasiga ikkita reys amalga oshirilmoqda. Biz har kuni parvoz qilish haqida gapiryapmiz. Samolyotlar Qozondan Samarqand va Farg`onaga ham uchadi”, deya qo`shimcha qilgan Farit Hanifov.

    Boshqa yangiliklar