“Mazkur holat bo`yicha poezd boshlig`i lavozimidan olingan”. “O`zbekiston temir yo`llari” xorijlik sayyohning “Afrosiyob”da korrupsion yo`l bilan bilet sotib olganiga izoh berdi
Ijtimoiy tarmoylarda Tarmoqlarda “Afrosiyob”da 10 dollarga sotib olingan biletini ichkarida yana 15 dollar to`lab, o`z joyini ekonom klassdan biznes klassga o`zgartirgan sayyoh videosi tarqaldi.
“O`zbekiston temir yo`llari” axborot xizmati mazkur video eski ekanini, bunday xatoga yo`l qo`ygan mas`ul ishdan olinganini ma`lum qildi.
Ushbu hodisa 2023 yilning 6 iyul kunida bo`lib o`tgan. 10 iyul kuni poezd boshlig`i mazkur holat bo`yicha lavozimidan ozod etilgan. Vagon kuzatuvchilari styuardlarga bu kabi hodisalar qaytarilmasligi bo`yicha tegishli yo`riqnomalar bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Hozirgi kunda yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoezdlarining barchasida ishchi guruh tomonidan tekshiruv amalga oshirilmoqda. Bu kabi holatlar qaytarilmasligi uchun nazorat o`rnatilgan. Sizlardan eski ma`lumotlarni tarqatmasligingizni so`raymiz, — deyiladi mas`ullar izohida.






