"Silk Avia" aviakompaniyasi Qozog`istonning Turkiston shahriga parvozlarni yo`lga qo`ymoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
"Silk Avia" birinchi mintaqaviy aviakompaniyasi yana bir xalqaro yo`nalish – Samarqand – Turkiston – Samarqand bo`yicha parvozlarni yo`lga qo`yadi.
Birinchi parvoz joriy yilning 14-oktyabrida charter asosida amalga oshiriladi. Parvoz vaqti 1 soat 20 minut. Chiptalar narxi bir tomonga 920 ming so`mdan boshlanadi.






