AsosiyJamiyat

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi

'Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi'ning rasmi

Ta`mirlash ishlari tufayli Toshkent shahrining Bektemir va Sergeli tumanlarining ayrim hududlariga 10-oktyabr kuni tabiiy gaz etkazib berish vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Bektemir tumani (10:00 dan 18:00 gacha) — “Mirishkor” va “Rohat” mahallalari:

  • aholi xonadonlari soni – 1500 ta;
  • ulgurji iste`molchilar soni – 24 ta.

Sergeli tumani (11:00 dan 17:00 gacha) — “Farog`atli”, “Xonabodtepa” va “Sug`diyona” mahallalari:

  • aholi xonadonlari soni – 434 ta;
  • ulgurji iste`molchilar soni – 6 ta.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta`minoti filiali iste`molchilardan uzr so`raydi.

    Boshqa yangiliklar