AsosiyJamiyat

Toshkentning ayrim ko`chalari vaqtincha yopiladi

'Toshkentning ayrim ko`chalari vaqtincha yopiladi'ning rasmi

10 oktyabrdan 30 oktyabrgacha issiqlik mavsumiga tayyorgarlik doirasida Yashnobod tumanida qator ko`chalar bo`ylab avtomobil yo`l qatnovining ma`lum qismini yopgan holda tarmoq quvurlarini o`tkazish ishlari olib boriladi.

Bunda, Ashrafiy va Izzat ko`chalari chorrahasidan Birlashgan va Izzat ko`chalari chorrahasigacha - diametri 600 mm va uzunligi 60 m quvurlar almashtiriladi.

Avtomobil qatnov yo`li Ashrafiy va Izzat ko`chalari chorrahasidan Beshariq va Izzat ko`chalari chorrahasigacha yopiladi.

Mazkur ishlar issiq suv ta`minoti iste`molchilariga cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar