AsosiyJamiyat

28 ta davlat idorasi byudjetini nazorat qiluvchi "Masofaviy nazorat" markazi tashkil etildi

'28 ta davlat idorasi byudjetini nazorat qiluvchi "Masofaviy nazorat" markazi tashkil etildi'ning rasmi

Hisob palatasida "Masofaviy nazorat" markazi tashkil etildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Markazning asosiy vazifasi etib, byudjet xarajatlarining samaradorligini oshirish, byudjet qonunchiligi buzilishini proaktiv tarzda oldini olish va qonunbuzilishlar profilaktikasini kuchaytirish belgilangan.

Mazkur masofafiy markazni tashkil etishda qator vazirlik va idoralarning auditlari takliflari ham inobatga olingan. Unda 28 ta vazirlik va davlat idoralarining 115 turdagi ma`lumotlari shakllantirildi.

Markaz 3 ta yo`nalishda faoliyatini amalga oshiradi:

— Ichki faoliyat nazorati;

— Davlat tashkilotlarining ichki audit nazorat tizimi;

— Tashqi va ichki manbaalar, «Masofaviy audit» avtomatlashtirilgan axborot tizimi.

Markaz kiberxavfsizlik talablari asosida zamonaviy serverlar, kompyuter va boshqa zarur uskunalar bilan jihozlangan. Ishga tushirilishining dastlabki bosqichida joyiga chiqib auditorlarni hamda davlat idoralarining vaqtini olishga sababchi bo`lgan 25 xildagi nazorat tadbirlarini bevosita zamonaviy dasturiy komplekslar yordamida tahlil qilish va qonunbuzilishlarni oldini olish imkonini berdi.

    Boshqa yangiliklar