Ijtimoiy tarmoqlarda “paxta tolasining taxminiy narxlari e`lon qilindi” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda. Qishloq xo`jaligi vazirligi ushbu xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.
Munosabatda qayd etilishicha, vazirlik sohada olib borilayotgan islohotlarni qo`llab-quvvatlash, muammolarni o`rganish va bartaraf etish yuzasidan ochiq muloqotga har doim tayyor.
Lekin shunday bo`lsa-da, ijtimoiy tarmoqlarda ba`zi ma`lumotlarni oxirigacha o`rganib chiqilmasdan, bir yoqlama yondashuv asosida keng ommaga taqdim etish holatlari uchramoqda. Qishloq xo`jaligi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarni atroflicha va xolis o`rganib chiqqan holda, quyidagilarni ma`lum qiladi:
Paxta tolasi narxlari Jahon bozorida shakllangan narxlar, paxta-to`qimachilik klasterlari, kooperasiyalar va fermer xo`jaliklarining, yuqorida qayd etilgan qarorga muvofiq mas`ul etib belgilangan vazirlik va idoralarning takliflarini, shuningdek, paxta xomashyosini qayta ishlash, logistika va boshqa taalluqli xarajatlarni inobatga olgan holda hukumat tomonidan tasdiqlanadi, so`ng barcha OAV orqali e`lon qilinadi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, hozirgi tarqalgan xabarlar haqiqatga to`g`ri kelmaydi.
Qishloq xo`jaligi vazirligi yana bir bor ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlarni tarqatilayotgan axborotning ishonchliligini tekshirish va xolis axborot taqdim etish lozimligiga chaqirib qoladi!
Shu bilan birga, Qishloq xo`jaligi vazirligining axborot xizmati muloqotga ochiqligini ma`lum qilib qolamiz, deyiladi xabarda.






