2023 yilning 13–17 noyabr kunlari Samarqand shahridagi “Ipak yo`li" kongress-xollda BMT Konvensiyasi (CRIC 21) ijrosini ko`rib chiqish qo`mitasining 21-sessiyasi bo`lib o`tadi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir doirasida Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi va Karib havzasi, Shimoliy O`rtaer dengizi, Markaziy va Sharqiy Evropa uchun konvensiyani amalga oshirish bo`yicha ishtirokchi davlatlar o`rtasida maslahatlashuvlar o`tkaziladi.
CRIC 21 davomida tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho`llanishga qarshi kurash to`g`risidagi konvensiyasining (UNCCD) 2018–2030-yillarga mo`ljallangan Strategiya asoslarining strategik maqsadlariga muvofiq amalga oshirilishini va maqsadli tavsiyalar berish maqsadida uning borishini ko`rib chiqadilar.
Shuningdek, konferensiyada erning degradasiyasiga betaraflik (LDN) maqsadlarini belgilash borasida ixtiyoriy sa`y-harakatlarini qo`llab-quvvatlash bo`yicha aniq tadbirlar va strategiya Global mexanizm va tegishli hamkorlar, shu jumladan, LDN jamg`armasi ko`magida qay tarzda amalga oshirilayotgani haqida ma`lumot beriladi.
Bundan tashqari, qurg`oqchilikni samarali boshqarish siyosati va uni amalga oshirish bo`yicha hukumatlararo ishchi guruhi CRIC 21 doirasida o`z taraqqiyot hisobotini taqdim etadi. Shuningdek, 7/COP15 qaroriga (I-ilova) muvofiq, 2018–2030-yillarga mo`ljallangan UNCCD Strategik asosini amalga oshirishni yanada takomillashtirish bo`yicha kelgusidagi harakatlarni belgilab olish va mustaqil baholashni ta`minlash maqsadida qo`shma maslahatlashuv o`tkaziladi.
"Tomonlar so`rovlariga muvofiq sessiya Tomonlar va ularning hamkorlari o`rtasida interaktiv fikr almashishga yordam beradi.
Yuqori darajadagi tadbir O`zbekiston hukumati tomonidan CRIC 21 homiyligida tashkil etiladi" deyiladi xabarda.
Konferensiyada qatnashish uchun quyidagi havola orqali onlayn ro`yxatdan o`ting:
www.unccd.int/cric-21-online-registration
09.10.2023 15:00
CRIC 21 Samarqandda BMTning cho`llanishga qarshi kurash bo`yicha konferensiyasi bo`lib o`tadi






