Isroil mudofaa kuchlari dushanba kuni G`azo sektoriga katta zarba berdi, deb xabar berdi armiya matbuot xizmati.
“Isroil mudofaa kuchlari G`azo sektoriga hujum qilishda davom etib, HAMAS imkoniyatlariga jiddiy zarar etkazmoqda”, — deyiladi bayonotda.
Aniqlik kiritilishicha, hujumlar vaqtida Falastinning HAMAS jangarilari joylashgan bino portlatilgan.
Eslatib o`tamiz, shanba kuni G`azo sektoridan Isroil janubi va markaziga raketa hujumlari uyushtirildi. O`nlab falastinlik jangarilar G`azodan yuk mashinalari va paraplanlarda Isroil hududiga kirib keldi.
So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Isroilda XAMAS jangarilarining hujumlari oqibatida halok bo`lganlar soni 700 kishidan oshdi. Halok bo`lganlar orasida tinch aholi, o`nlab polisiya va harbiylar ham bor. Bundan tashqari, 2,2 ming kishi jarohatlangan.
Isroil rasmiylarining fikricha, falastinliklar Isroil hududida kamida yuz kishini garovga olib, G`azoga olib ketgan.
Xamasning keng ko`lamli hujumlari munosabati bilan Isroil “Temir qilichlar” operasiyasi boshlanganini e`lon qildi. Isroil rasmiylari mamlakatni rasman urush holatiga keltirgan.






