AsosiyDunyo

Misrda polisiya xodimi isroillik sayyohlarni otib tashladi

'Misrda polisiya xodimi isroillik sayyohlarni otib tashladi'ning rasmi

Misrda polisiya xodimi Iskandariya shahrida isroillik sayyohlarga qarata o`t ochdi, deb xabar bermoqda "Interfaks". Ikki isroillik va bir misrlik halok bo`ldi. Bu ma`lumot Misr Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan.

Mahalliy OAV yana bir kishi yaralangani haqida xabar berdi. Voqea mashhur sayyohlik maskani Pompey ustuni yaqinida yuz bergan. Gumonlanuvchi qo`lga olingan.

Qayd etilishicha, Misr va Isroil 1970 yillarda tinchlik shartnomasini imzolagan va Qohira muntazam ravishda Falastin-Isroil mojarosida vositachi sifatida ishlaydi. Shunga qaramay, mamlakat aholisi orasida Isroilga qarshi kayfiyat juda kuchli.

    Boshqa yangiliklar