AsosiyJamiyat

Ilk bor o`zbekistonlik Osiyo ot sporti federasiyasi vise-prezidenti bo`ldi

'Ilk bor o`zbekistonlik Osiyo ot sporti federasiyasi vise-prezidenti bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston sporti tarixida ilk bor mamlakatimiz vakili Osiyo ot sporti federasiyasi vise-prezidenti bo`ldi. 

Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o`yinlarining ot sporti musobaqalari o`tkazilgan Tognlu shahrida Osiyo ot sporti federasiyasining navbatdan tashqari Bosh assambleyasi bo`lib o`tdi. Uning kun tartibidan federasiya vise-prezidentlarini saylash masalasi ham o`rin olgan edi. Ta`kidlash kerakki, ushbu lavozimga nomzodlar orasida Xitoy, BAA, Janubiy Koreya, Liviya va Eron vakillari qatori O`zbekistondan nomzod ilgari surildi.

Ovoz berish natijalariga ko`ra, hamyurtimiz Bahromjon Gaziev Osiyo ot sporti federasiyasi vise-prezidenti lavozimiga saylandi.

Shuningdek, Osiyo ot sporti federasiyasi vise-prezidenti lavozimiga Yaponiya, Janubiy Koreya va Liviya vakillari ham tasdiqlanishdi.

 

    Boshqa yangiliklar