AsosiyJamiyat

Isroilda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

'Isroilda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari ogohlantirildi'ning rasmi

Vaziyatning keskin kuchayishi munosabati bilan O`zbekistonning Isroildagi elchixonasi Konsullik bo`limi mazkur mamlakatda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolaridan barcha zarur ehtiyot choralarini ko`rishni so`ramoqda.

Shuningdek, ularga xavfsiz joylarda bo`lishni va rasmiy organlarga xabar berilmaguncha o`z joylarini tark etmaslikni qat`iy tavsiya qilmoqda.

Elchixona fuarolardan favqulodda vaziyatlarda konsullik bo`limi telefon raqamlari (+972544851397, 03-672-2466) bilan bog`lanishni so`raydi.

Eslatib o`tamiz, bugun, 7 oktyabr kuni G`azo hududini nazorat qilib kelayotgan HAMAS harakati Isroil hududida keng ko`lamli urush harakatlarini boshladi. XAMAS harakati ma`muriyati operasiya Isroilning Al-Aqso masjididagi “qizil chiziqlar”ni bir necha bor buzganiga javob ekanini ma`lum qilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar