Joriy yilning 1 oktyabriga qadar Kadastr agentligining Er va kadastr nazorati boshqarmasi xodimlari tomonidan 15 903 ta (4 383,4 gektar) holatda erlarni o`zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlangan. Bu haqda Kadastr agentligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, shundan 3 527 ta (3 616,9 gektar) qishloq xo`jaligi erlari, 9 589 ta (413,5 gektar) aholi punkt erlari, 1 446 ta (47,7 gektar) sanoat, transport, aloqa mudofaa va boshqa erlar, 9 ta (1,5 gektar) tabiatni muhofaza qilishga mo`ljallangan erlar, 58 ta (8,7 gektar) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik erlar, 90 ta (34,0 gektar) o`rmon fondi erlari, 408 ta (34,2 gektar) suv fondi erlar, 776 ta (227,0 gektar) zaxira erlari hisoblanadi.
Qayd etilishicha, mazkur vaziyatda, 15 903 ta (4 383,4 ga) holatdan 8 216 ta (2 023,9 ga)si qonun buzilish holatlarini ixtiyoriy bartaraf etilgan, 5 070 ta (1 961,1 ga)si fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarga da`vo arizalari kiritilgan, 716 ta (197,9 ga)siga qo`shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilgan. O`zboshimchalik bilan egallangan erlarni bartaraf etish yuzasidan 1 404 ta (682,3 ga) holatda sudning hal qiluv qarori qabul qilingan, 3 639 ta (1 277,8 ga) holatda sud jarayoni davom etmoqda.






