AsosiyJamiyat

Botanika bog`ining bir santimetri ham ijarachi yoki quruvchilarga berilmasligi shart – Saida Mirziyoeva

'Botanika bog`ining bir santimetri ham ijarachi yoki quruvchilarga berilmasligi shart – Saida Mirziyoeva'ning rasmi

Prezident yordamchisi jamoatchilik muhokamasida bo`lib turgan mavzuga munosabat bildirib, u Fanlar akademiyasi ixtiyorida qolishi ma`lum qildi. 

“Botanika bog`i — bu ko`ngilochar joy emas. Bu — butun shahrimiz har kuni nafas olayotgan Toshkentning “o`pkasi”.

Bu — biz g`ururlanadigan tarix. 70 yildan ortiq vaqt davomida iste`dodli olimlarimiz ushbu bog`da bebaho daraxtlar va o`simliklarni etishtirdilar, ularga o`z mehr-muhabbatini bag`ishladilar. Yurtimizda bunday maskan boshqa hech qaerda yo`q.

Tabiatning ana shu bir parchasini asrab-avaylash, uni himoya qilish va bolalarimizga etkazish bizning burchimizdir.

Men Botanika bog`ini tijoriy tuzilmalar boshqaruviga topshirishga qat`iyan qarshiman. Uning bir santimetri ham ijarachi yoki quruvchilarga berilmasligi shart.

Bog`ni olimlar yaratgan va u olimlar ixtiyorida bo`lishi, butun o`zbekistonliklar uchun xizmat qilishi lozim. U Fanlar akademiyasi ixtiyorida qoladi, - deydi Prezident yordamchisi Saida Mirziyoeva. 

    Boshqa yangiliklar