AsosiyJamiyat

Samarqand va Surxondaryoda o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar qo`lga tushdi

'Samarqand va Surxondaryoda o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan N.M. fuqarolar X.A., D.J. va G`.J.ning ishonchiga kirib, ularning farzandlarini go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Toshkent tibbiyot akademiyasiga o`qishga kiritib qo`yishi evaziga jami 8 000 AQSh dollari va 43,5 mln so`mini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Samarqand shahar bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.S. fuqaro M.I.ni tanishlari yordamida Toshkent shahridagi “Renessans” nomli xususiy oliy ta`lim muassasasiga o`qishga kiritib qo`yishi evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro M.E. fuqaro N.N.ga Rossiya yoki Tojikiston davlatlaridagi oliy o`quv yurtida o`qiganligi haqida hujjatlar rasmiylashtirib berish orqali Toshkent shahridagi oliy ta`lim muassasasiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, evaziga 8 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar