Ijtimoiy tarmoqda Yunusobod tumanidagi 259-maktabning 6-sinf o`quvchisi jismoniy tarbiya darsi chog`ida vafot etganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi rasmiy munosabat berdi.
Ma`lum qilinishicha, Yunusobod tumanidagi 259-sonli umumta`lim maktabida kecha, 6 oktyabr kuni taxminan soat 11.10 larda dars jadvali asosida 6-“D “ sinfida 4-soat jismoniy tarbiya darsida jismoniy tarbiya o`qituvchisi M.K. yillik ish rejasiga asosan “Futbol amaliyoti. To`p bilan harakatlanish” mavzusida dars o`tayotgan vaqtida shu sinf o`quvchisi, 2011 yil 23 martda tug`ilgan M.S. ning ko`krak qafasiga koptok tegishi natijasida hushini yo`qotgan.
Zudlik bilan o`quvchi tumandagi 7-sonli klinik shifoxonasiga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan tez tibbiy yordam ko`rsatilishiga qaramay o`quvchi M.S. vafot etgan.
Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko`ra, M.S. ga yurakning reflektor to`xtashi. O`tkir yurak-qon tomir va nafas etishmovchiligi. Bosh miya va o`pka shishi. Yurak gipertrofiyasi. Yurak tug`ma nuqsoni tashxisi qo`yilgan.






