AsosiyJamiyat

Botanika bog`i Toshkent hokimligi tasarrufiga o`tkazilmoqda. Ekopartiya norozilik bilan chiqdi

'Botanika bog`i Toshkent hokimligi tasarrufiga o`tkazilmoqda. Ekopartiya norozilik bilan chiqdi'ning rasmi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi — project.gov.uz portalida Vazirlar Mahkamasining “Istirohat bog`lari faoliyati va boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish to`g`risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Loyihaga ko`ra, Toshkent Botanika bog`i Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Istirohat bog`larini boshqarish direksiyalari” davlat muassasasi balansiga o`tkazilishi belgilangan.

Ushbu loyihaga O`zbekiston Ekologik partiyasi norozilik bildirdi. 

Qayd etilishicha, O`zbekiston Respublikasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog`i noyob ilmiy-unikal ob`ekt hisoblanadi.

"Shu sababli, Botanika bog`ini Vazirlar Mahkamasining “Istirohat bog`lari faoliyati va boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish” to`g`risidagi qarori loyihasidan chiqarish hamda Botanika bog`iga Milliy bog` maqomini berish orqali uning nufuzini va muhofazasini kuchaytirish kerak deb hisoblaymiz.

Mazkur masala bo`yicha partiyamizning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi nomidan Hukumatga deputatlik so`rovi yuborildi", - deyiladi partiya xabarida. 

    Boshqa yangiliklar