Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin Keng ko`lamli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish to`g`risida qo`shma bayonot qabul qildilar.
Davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari va vazirliklari tomonidan imzolangan 10 ta hujjat almashildi. Samarqand shahrida Rossiya Federasiyasining bosh konsulxonasini ta`sis etish, vakolatli iqtisodiy operator institutlarini o`zaro tan olish, “Agroekspress” tezkor temir yo`l tashuvlarini tashkil etish loyihasini amalga oshirish to`g`risidagi bitimlar, Tashqi ishlar vazirliklari o`rtasida 2024-2025 yillar uchun hamkorlik dasturi, shuningdek, transport, ilm-fan, ta`lim va madaniyat sohalarida hamkorlik bo`yicha hujjatlar shular jumlasidan.
Ushbu kelishuvlar O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi hamkorlikni bir qator istiqbolli yo`nalishlarda yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.






