AsosiyJamiyat

Toshkentda harbiy-sport to`garagi o`qituvchisi o`quvchini urdi

'Toshkentda harbiy-sport to`garagi o`qituvchisi o`quvchini urdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug`bek tumanidagi 148-sonli umumta`lim maktabida o`qituvchi o`quvchini urgani aks etgan video xabarlar tarqaldi.  

Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasining ma`lum qilishicha, maktabda joriy yil davomida o`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida bepul “Harbiy-sport to`garagi” tashkil etilgan. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan tasvirlarda aks etgan jarayonda ushbu maktabning 9-sinf  o`quvchisi A.A. tomonidan 4-sinf o`quvchisi P.Dni urgan holati aks ettirilgan. Bugungi kunda P.D.ning salomatligiga hech qanday zarar etmagan, sog`lom.

"Holat bo`yicha  tuman hokimligi, tuman maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi mas`ullari tomonidan “Harbiy-sport to`garagi” faoliyati tugatildi. O`quvchilarning o`zaro munosabatlari to`g`risida o`quvchilar va ularning ota-onalari bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Tuman voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha komissiya xulosasiga asosan ish olib borilishi ta`kidlab o`tildi", deyiladi munosabatda.

    Boshqa yangiliklar