O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin tor doiradagi uchrashuvdan so`ng muzokaralarni rasmiy delegasiyalar a`zolari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar.
Shavkat Mirziyoev samimiy qabul va mehmondo`stlik uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatimiz o`rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilikni rivojlantirishda misli ko`rilmagan natijalarga erishilayotganini ta`kidladi.
Davlatimiz rahbari O`zbekiston-Rossiya munosabatlarining barcha yo`nalishlari bo`yicha hamkorlik izchil kengayib borayotgani va salmoqli darajada yuksalayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Savdo-iqtisodiyot va investisiya sohalaridagi aniq yo`naltirilgan birgalikdagi faoliyat natijalari yuqori baholandi, ular sifat jihatidan o`zgargani yuqori baholandi.
Sanoat kooperasiyasini, eng avvalo, mashinasozlik, metallurgiya, energetika, qayta ishlash, to`qimachilik, oziq-ovqat sanoati va boshqa tarmoqlarda kengaytirish bo`yicha doimiy faoliyat yurituvchi qo`shma guruh tuzilgan.
Muzokaralarda madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan bir qator boshqa kelishuvlarga erishildi.






