Qozog`istonning Olmaota shahrida fohishalik bilan shug`ullanib kelgan O`zbekiston fuqarolari qo`lga olindi. Bu haqda mamlakat IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, IIO organi xodimlari tomonidan mehmonxona majmualaridan birida reyd tadbiri o`tkazilgan. Natijada, intim xizmat ko`rsatayotgan ayollar qo`lga olingan. Ular orasida 7 nafar O`zbekiston fuqarosi bo`lgan.
“Qo`lga olingan xorijliklar migrasiya qonunchiligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi va Qozog`istondan chiqarib yuboriladi”, — deyiladi xabarda.






