AsosiyJamiyat

Radarga tushganlarning jarimasini o`chirib beruvchilar qo`lga olingani bo`yicha oydinlik kiritildi

'Radarga tushganlarning jarimasini o`chirib beruvchilar qo`lga olingani bo`yicha oydinlik kiritildi'ning rasmi

Kuni kecha qator telegram kanallarida “Radar bazasidan ma`lumotlarni “o`chirib beruvchilar” qo`lga olindi” sarlavhasi ostida “Huquqni muhofaza etuvchi organlarning qo`shma tadbirida, bir nafar IT xodimi va ikki nafar jismoniy shaxslarning o`zaro til biriktirib, ma`lum haq evaziga foto radarlar qayd qilgan ma`lumotlarni o`chirib kelganligi aniqlandi”, mazmunida xabar tarqaldi. Mazkur xabarlarga Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan aniqlik kiritildi. 

Ma`lum qilinishicha, Departament tomonidan joriy yilning o`tgan davrida bu kabi tezkor tadbir o`tkazilmagan.    

Tarqatilgan xabarlarga ilova qilingan fotosurat Departamentning rasmiy telegram kanalida 2022 yil 5 yanvarda e`lon qilingan xabardan olib qo`yilgan.

 

    Boshqa yangiliklar