AsosiyDunyo

Aviahalokatda halok bo`lgan Prigojin va uning hamrohlari jasadlarida granata bo`laklari topildi — Putin

'Aviahalokatda halok bo`lgan Prigojin va uning hamrohlari jasadlarida granata bo`laklari topildi — Putin'ning rasmi

Rossiya prezidenti Putin 23 avgust kuni Tver viloyatidagi aviahalokatda halok bo`lgan Vagner PMS asoschisi Evgeniy Prigojin va boshqa odamlarning jasadlaridan granata bo`laklari topilganini ma`lum qildi, deb yozadi BBC.

“Kecha kuni Tergov qo`mitasi rahbari menga aviahalokatda halok bo`lganlarning jasadlaridan qo`l granatalari bo`laklari topilgani haqida xabar berdi. Samolyotga hech qanday tashqi ta`sir ko`rsatilmagan. Bu allaqachon tasdiqlangan fakt — Rossiya Federasiyasi Tergov qo`mitasi tomonidan o`tkazilgan ekspertiza natijalari”, — dedi Putin.

Putinning so`zlariga ko`ra, Prigojin samolyoti halokati bo`yicha tergov hali yakunlanmagan.

Eslatib o`tamiz, 23 avgust kuni Tver viloyati, Bologovskiy tumani, Kujenkino qishlog`i yaqinida samolyot halokatga uchradi. Yo`lovchilar ro`yxatida Evgeniy Prigojin ham bor edi. Federal havo transporti agentligi halokatga uchragan Embraer yo`lovchilari ro`yxatini e`lon qildi. 27 avgust kuni Rossiya Federasiyasi Tergov qo`mitasi Evgeniy Prigojinning o`limini tasdiqladi.

Prigojin 2023 yil iyun oyida to`satdan boshlagan qo`zg`oloni bilan esda qoldi.

 

    Boshqa yangiliklar