AsosiyJamiyat

Kamyob hodisa! MIB Sog`liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovga ma`muriy jazo qo`llamoqchi

'Kamyob hodisa! MIB Sog`liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovga ma`muriy jazo qo`llamoqchi'ning rasmi

MIB sud qarori ijrosi ta`minlanmaganligi uchun Sog`liqni saqlash vaziri A.Inoyatovga ma`muriy jazo qo`llamoqchi. Rasul Kusherbev mazkur mazmunda chiqarilgan rasmiy xat nusxasini e`lon qildi.

Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar Shayxontohur tumani bo`limi tomonidan SSVga yo`llangan xat mazmuniga ko`ra, Fuqarolik ishlari bo`yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 30.06.2022 yildagi 2-1003-2210/17152-sonli ijro varaqasiga asosan Sog`liqni saqlash vazirligi zimmasiga Xakimov Golib Abdulloevichni Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali direktori (bosh shifokori) lavozimiga qaytarish majburiyati yuklatish to`g`risidagi ijro hujjati bo`lim ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yurituvini qo`zg`atish qarori Vazirlikning devonxonasi mas`ul xodimi R.Ziyodullaevaga 19.07.2022 yilda topshirilgan. 

O`tgan davr mobaynida bir necha marta MIB va sud tomonidan ishga tiklash masalasida murojaat qilingan. Jumladan, mazkur ijro xujjati yuzasidan, bo`lim tomonidan undiruvchini lavozimga qaytarish talabi bilan SSVga 19.07.2022 yilda, 01.08.2022 yilda, 19.12.2022 yilda, 13.03.2023 yilda, 23.03.2023 yilda, 19.04.2023 yillarda, Bosh prokuror tomonidan 22.12.2022 yilda xat bilan, Byuro direktori tomonidan 09.08.2022 yilda xat bilan, Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 12.01.2023 yilda ogohlantirish xati bilan murojaat qilingan. Biroq, ayni paytga qadar undiruvchi egallab kelgan lavozimiga ishga qaytarilmagan. Shuningdek, ijro hujjatini ijrosini ta`minlash maqsadida Byuroning Shayxontohur tuman bo`lim boshlig`i A.Zakirov ishtirokida 01.06.2023 yil kuni Sog`liqni saqlash vaziriligiga borilib SSV kadrlar bo`limi boshlig`i Sh.Mamajonov va SSV o`rinbosari T.Xajixanovlar bilan suhbatlashilganda, G.Xakimov hozirgacha ishga tiklanmaganligi va ushbu sud qarori ijrosi sog`liqni saqlash vaziri A.Inoyatovning vakolatida ekanligi ma`lum qilingan. 

"Shunga ko`ra, Fuqarolik ishlari bo`yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 30.06.2022 yildagi 2-1003-2210/17152-sonli ijro varaqasiga asosan O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi zimmasiga Xakimov Golib Abdulloevichni Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali direktori (bosh shifokori) lavozimiga qaytarish majburiyati yuklatish to`g`risidagi ijro hujjati ijrosini shu kunga qadar bajarilmaganligi sababli ma`sul xodimlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 1981-moddasiga asosan ma`muriy jarima qo`llash uchun lavozim bo`yruqlari va shaxsini tasdiqlovchi xujjatlaridan nushalarni darhol taqdim qilishingizni so`raymiz", - deyiladi SSVga yo`llangan rasmiy xat yakunida.

 

    Boshqa yangiliklar