AsosiyJamiyat

Kinofestivalda ishtirok etish uchun O`zbekistonga kelgan Kevin Speysi Samarqanddagi shifoxonaga olib borildi

'Kinofestivalda ishtirok etish uchun O`zbekistonga kelgan Kevin Speysi Samarqanddagi shifoxonaga olib borildi'ning rasmi

XV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etish uchun O`zbekistonga kelgan amerikalik aktyor Kevin Speysi qo`li ishlamay qolgani tufayli yurak xurujida gumon qilinib, Toshkentdagi shifoxonaga yotqizildi, deya yozdi Britaniyaning The Sun nashri. Ma`lum qilinishicha, aktyor MRT tekshiruvidan o`tkazilgan, biroq, taxminlar tasdig`ini topmagan.

Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati rahbari Furqat Sanaevning ma`lum qilishicha Kevin Speysi  Samarqanddagi tibbiyot muassasasasiga olib kelingan. Tekshiruvlarda uning sog`ligidi jiddiy muammo aniqlanmagan. 

Ko`p o`tmay aktyor XV Toshkent xalqaro kinofestivalining Samarqanddagi yopilish marosimida so`zga chiqqan. 

"Samarqanddagi Go`ri Amir maqbarasida betakror naqshlarni tomosha qilayotgan vaqtimda chap qo`lim uvishib qoldi va meni tarixiy shahardagi zamonaviy tibbiyot muassasasiga olib borishdi. Menga tezkor yordam ko`rsatishdi va yaxshiki, jiddiy hech narsa sodir bo`lmapti", — degan Speysi.

Ma`lumot uchun: aktyor 29 sentyabrdan 3 oktyabrgacha bo`lib o`tgan XV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etdi. 

    Boshqa yangiliklar