Sir emaski, 14 oktyabr sanasida O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anievaning "Humo Arena" sahnasida shou-dasturi bo`lib o`tishi kerak edi. Lekin ayrim sabablarga ko`ra, konsert dasturi qoldirildi.
Qoldirilgan konsert dasturi 19-20-21 yanvar kunlari “Halqlar do`stligi” konsert saroyida o`tkaziladigan bo`ldi.
Rayhonning ma`lum qilishicha, konsert dasturining qoldirilishiga asosiy sabab "Humo arena" da o`tkaziladigan konsert uchun biletlar narxi organizator tomonidan sun`iy tarzda oshirib sotilgan.
Aniqroq qilib aytadigan bo`lsak, organizator biletlarni 100 ming so`mdan 800 ming so`mgacha baholagan.
Ko`pchilikda savol tug`ilishi mumkin, konsert uchun bilet sotib olib qo`yganlar pullariga "kuyadimi?" Xonandaning ma`lum qilishicha, yuqoridagi narx bilan sotilgan biletlarning pullari to`liq qaytariladi.
Bundan tashqari, kutilayotgan konsertda Rayhon Xamdam Sobirov bilan duet kuylashini ma`lum qildi. Duet kuylashni Xamdam Sobirov taklif qilgan. Aytilishicha, ushbu duetga klip ham suratga olinadi.






