Qatar amiri tomonidan ta`sis etilgan korrupsiyaga qarshi kurashda erishilgan yutuqlar uchun global mukofotini topshirish marosimi shu yilning oxirida Toshkentda o`tkaziladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma`lum qildi.
Asadovga ko`ra, tadbirda Qatar davlati rahbariyatining ishtiroki ham kutilyapti.
"Ushbu mukofotni topshirish marosimining Toshkentda o`tkazilishi, prezidentimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash yo`nalishida olib borilayotgan katta ishlar va umuman islohotlarining jahon hamjamiyati tomonidan katta e`tirofi timsoli deyish mumkin", – deydi Prezident Matbuot kotibi.






